Tovarlarni klassifikatsiyalash va kodlashtirish

    06:24 10 Ноябрь 2018  Дарс ишланма 88

    O‘quv mashg‘uloti maqsadi:

    O‘quvchilarni Milliy istiqlol g‘oyalariga sadoqatli, mehr-muruvvatli, har tomonlama komil inson hamda ona-Vatanga fidoyilik ruhida, tadbirkor, mustaqil fikrlovchi, yurtsevar inson etib tarbiyalash. Tovarlarni klassifikatsiyalash va kodlashtirish bo‘yicha tushunchalar berish.

    Aqliy hujum savollari:

    1. Nooziq-ovqat tovarlarini turkumlanishi tamoyillari qanday?

    2. Tovarlarni kodlashtirish nima?

    3. Tovarlarni kodlashtirishning savdodagi ahamiyati nimalardan iborat?

    4. Savdo va o‘quv turkumlanishlarni tushuntirib bering.

     

    Mavzu: Tovarlarni klassifikatsiyalash va kodlashtirish

    Reja:

    1. Klassifikatsiyalashtirishning umumiy prinsiplari;

    2. Ierarxik va faset klassifikatsiyalash usuli;

    3.Tovarlarni kodlashtirish.

     

    Nooziq-ovqat tovarlarini kodlash. Tovarlarga bir necha raqamdan iborat bo‘lgan shartli belgi berish jarayoni kodlash deb aytiladi. Kelgusida hamma tovarlarga artikullar o‘rniga o‘n raqamli kodlar beriladi. Tovarlarning turkumlanish tartibiga asosan kodlash 9 bosqichdan iborat. Birinchi bosqich ikkita raqam bilan, qolganlari bittadan raqam bilan ifodalanadi. Kodlashning dastlabki beshta bosqichi turkumlash qismi, qolganlari esa assortiment qismi deyiladi.

    Tovarning barcha sifat va morfologik (konstruktiv) ko‘rsatkichlarini qamrab olgan kodlar ishlab chiqarilgach elektron hisoblash mashinalari yordamida qanday xususiyatga ega tovarlar tez yoki sekin sotilishini yil davomida o‘rganishga imkoniyat yaratiladi. Bu ma’lumotlar sanoatga shartnomalarni ilmiy ravishda tuzishga imkon beradi. Elektr hisoblash mashinalari yordamida tovarlarning sotilish tezligini o‘rganish uchun ularning yorliqlariga koddagi raqamlar mayda chiziq (shtrix) shaklida ko‘chiriladi. Yorliqda koddan tashqari tovarning do‘konga kelgan va sotilgan kuni ko‘rsatiladi.

    Klassifikatsiyalashtirishning umumiy prinsiplari

    Klassifikatsiyalash deb, tovarlarni umumiy xususiyatlariga ko‘ra ketma-ket ayrim guruhlarga bo‘lishga aytiladi.

    Tovarlar klassifikatsiyasi yetti prinsipga asoslanadi.

    1. Birjihatlik prinsipi. Bunda turkumlashning har bosqichida tovarlar bir xil belgisi bo‘yicha bo‘linadi.

    2. Mukammallik va moslashuvlik. Bu prinsip sistemaning tovarlar mavjud assortimentini to‘liq qamrab olishini va kelgusida qo‘shimcha kiritishga imkoniyat yarata olish qobiliyatiga ega bo‘lishini talab qiladi.

    3. Ierarxik prinsip. Bu prinsipga asosan quyi bosqichda turgan tovarlar yuqori bosqichda turgan tovarlar guruhiga bosqichma-bosqich bo‘ysunishi kerak. Tovarlarni turkumlashda iloji boricha ierarxik prinsipni qo‘llashga harakat qilinadi. Masalan, mebelni ishlab chiqarish usuliga qarab duradgorlik, egib tayyorlangan va to‘qima guruhiga, konstruktsiyasiga qarab to‘siqli va korpusli kichik guruhlarga, elementlarining biriktirilishi bo‘yicha shitli va ramkali turlarga, yumshoqligiga qarab yumshoq va qattiq mebel’ turlariga va komplektliligi bo‘yicha alohida mebel’, garnitur va nabor xillariga bo‘ladilar. Kishilar jinslariga qarab tovarlarni xotin-qizlar va erkaklar turlariga bo‘lib va o‘z navbatida ularning har birini ishlatish bo‘yicha zargarlik buyumlari, atir, upa-elik tovralari, qo‘l va cho‘ntak soatlari, metalldan yasalgan attorlik buyumlariga o‘xshash turlarga bo‘lsak faset usulidan foydalangan bo‘lamiz. Bunda tovar guruhlari bir-biriga bir martadan bo‘ysunmasdan, ba’zan bir vaqtning o‘zida bir tovar ikkita guruhga bo‘ysunadi.

    4. Universallik prinsipi, ya’ni tartibga solingan tovarlar majmuini iqtisodiyotning hamma sohalarida ishlatish mumkinligi.

    5. Ixchamlik prinsipi. Buning uchun tartibga solingan tovarlar majmui haddan ziyod ko‘p bosqichli bo‘lmasligi kerak. Aks holda uni tahlil qilish va esda saqlash qiyin bo‘ladi.

    6. Turkumlanadigan bo‘g’inlarning bir ma’noligi prinsipi, ya’ni har bir bo‘g’in faqat bir ma’noni anglatishi va aniq bo‘lishi lozim.

    7. O‘nli sistema bo‘yicha kodlashga yaroqlilik prinsipi. Buning uchun turkumlashning har bosqichidagi bo‘g’inlarning soni o‘ndan oshmasligi kerak.

    Hozirgi vaqtda to‘rt xil tasnif tizimi amalda qo‘llanilmoqda:

    1. Preyskurantlar asosida tasniflash. Oziq-ovqat tovarlari 16 ta, nooziq-ovqat tovarlari 87 preyskurantda joylashgan.

    2. Chakana savdo tovar aylanishida hisobga olinadigan tovarlar tasnifi. Bu tizim bo‘yicha tovarlar harakati oziq-ovqat tovarlari 35 ta, nooziq-ovqat tovarlari 52 guruhga bo‘lingan holda o‘rganiladi.

    3. Savdo tasnifi. Bu tizimda savdo korxonalari ochishda va o‘quv dasturlari tuzishda amal qilingan holda oziq-ovqat tovarlari 9 va nooziq-ovqat tovarlari 27 guruhga bo‘lingan.

    4. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mintaqalararo sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tasnifi. Bu tizim bo‘yicha oziq-ovqat tovarlari 4 va nooziq-ovqat tovarlari texnik tovarlar bilan birgalikda 31 turkumda joylashgan.

    Ierarxik va faset klassifikatsiyalash usullari

    Tovarlar ierarxik va faset sistemasi buyicha klassifikatsiya qilinadi.

    Ierarxik sistema klassifikatsiyasida ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak buladi. Har bir bosqichda tovarlar bitta yoki ayrim belgilari buyicha klassifikatsiya qilinadi. Klassifikatsiyalash asosan hamma tovarlar uchun umumiy bo‘lgan ko‘rsatkich bo‘yicha olib boriladi.

    Faset sistemada tovarlar parallel holatda bo‘linib, ularni ko‘rsatkichlari bir-biriga bogliq bo‘lmaydi. Bu bo‘linish juda moslashuvchan va oddiy bo‘lib, ko‘pchilik holatlarda savdo amaliyotida qo‘llaniladi.

    Hayotda ko‘pincha ikkala - ierarxik va faset bo‘linishlar aralash holda ishlatiladi.

    Tovarlarni kodlashtirish

    Nooziq-ovqat tovarlarini kodlash. Tovarlarga bir necha raqamdan iborat bo‘lgan shartli belgi berish jarayoniga kodlash deb aytiladi. Kelgusida hamma tovarlarga artikullar o‘rniga o‘n raqamli kodlar beriladi. Tovarlarning turkumlanish tartibiga asosan kodlash 9 bosqichdan iborat. Birinchi bosqich ikkita raqam bilan, qolganlari bittadan raqam bilan ifodalanadi. Kodlashning dastlabki beshta bosqichi turkumlash qismi va qolganlari esa assortiment qismi deyiladi.

    Tovarning barcha sifat va morfologik (konstruktiv) ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga qamrab olgan kodlar ishlab chiqarilgach elektron hisoblash mashinalari yordamida qanday xususiyatga ega tovarlar tez yoki sekin sotilishini yil davomida o‘rganishga imkoniyat yaratiladi. Bu ma’lumotlar sanoatga shartnomalarni ilmiy ravishda tuzishga sharoit yaratib beradi. Elektr hisoblash mashinalari yordamida tovarlarning sotilish tezligini o‘rganish uchun ularning yorliqlariga koddagi raqamlar mayda chiziq (shtrix) shaklida ko‘chiriladi. Yorliqda koddan tashqari tovarning do‘konga kelgan kuni va sotilgan kuni ko‘rsatiladi.

    Tovarlarni shtrixli kodlashtirish fikri dastlab 1930 yili AQSHning Garvard biznes maktabida vujudga kelgan bo‘lib, amalga 60-yillardan boshlab qo‘llanila boshlandi. AQSH temir yo‘lchilari shtrix kodlar yordamida vagonlarni identifikatsiya qilar edilar.

    Shtrixli kodlarni tovarlarda keng ko‘lamda qo‘llash 70-yillardan boshlandi.

    Universal tovar kodi AQSHda 1973 yilda qabul qilindi. Kodlashtirishning Yevropa sistemasi 1977 yilda qabul qilingan bo‘lib, hozirgi paytda Yevropadan tashqaridagi mamlakatlarda ham qo‘llaniladi.

    Umida SOTVOLDIYEVA,

    Jiydakapa qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji maxsus fan o‘qituvchisi.