Boshlang'ich kapital va uning manbalari

    06:45 29 Ноябрь 2018  Дарс ишланма 41

    Respublikamizdagi Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi talablaridan kelib chiqqan holda, yoshlarimizni tadbirkorlik, ishbilarmonlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

    Jumladan, yoshlarga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari uchun barcha turdagi banklar tomonidan mikrokreditlar ajratib berilishi, 2010-yil 28-iyulda qabul qilingan “Kollej bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilishning qo‘shimcha chora tadbirlari” to‘g‘risida qabul qilingan Prezident Farmoni barcha korxonalarga, mikrofirmalarga o‘z imtiyozlarini saqlagan holda 20 % qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish imkonini bersa, 2012-yil 28-aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonun yoshlarimizning ota-onalari va mahalla fuqoralari yig‘ini yordamida tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlariga yoram beradi. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini mikrokreditlashtirish asosida tadbirkorlar safini ko‘paytirar ekanmiz, mamlakatimizning “oltin fondi” bo‘lgan tadbirkorlar safini yanada kengaytira boramiz.

    “Mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholining real daromadlari jon boshiga 8,2 barovar oshganining o‘zi xalqimizning hayot darajasi tobora o‘sib borayotganidan darak beradi. Faqatgina 2013 yilning o‘zida kapital investitsiyalar hajmi dollar hisobida 14 milliardni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 25 foizni tashkil etadi. Mamlakatimizning YaIM tarkibida sanoatning ulushi 1990-yildagiga nisbatan 14,2 foiz o‘rniga bugungi kunda 24,3 foizni tashkil etgani, ayni paytda qishloq xo‘jaligining ulushi 34 foizdan 17 foizga kamayganini aytish o‘rinlidir”.

    Tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar biznesni moliyalashtirishning quyidagi yo‘llar orqali amalga oshirilishini bilishlari lozim.

    1. Pay badali shartiga ko‘ra. Sizning biznesingizga tashqaridan qandaydir jismoniy yoki yuridik shaxs sifatidagi hamkor tomonidan mablag‘ kiritiladi. Bunda mablag‘ kirituvchi yoki sarmoyador boshqaruvda qatnashishi va faoliyatini amalga oshirish natijasida olingan foydaning bir qismini olish imkoniga ega bo‘ladi.

    2. Kredit yoki lizing ko‘rinishidagi qarz mablag‘larini jalb qilish yo‘li bilan va unda siz vaqtincha olgan pulingizni qaytarishingiz hamda kreditor yoki lizing tashkilotlariga qarz berganligi uchun ma’lum muddatga foiz shaklida to‘lov to‘lashingiz kerak bo‘ladi. Barcha kollej bitiruvchilari uchun mikrokredit mablag‘i 18 oy muddatga yillik bankning qayta moliyalash stavkasidan oshmagan foizda beriladi. Bitiruvchining xohishiga ko‘ra, eng kam ish haqining 50 baravari yoki 100 baravari miqdorida mikrokredit olish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

    Kreditni ta’minlash quyidagilar yordamida amalga oshiriladi:

    - banklarning kafolati;

    - mulkni garovga qo‘yish;

    - kreditni qaytarilmaslik xavfidan sug‘urtalashning sug‘urta polisi;

    - uchinchi shaxs kafolati.

    3. Grant shaklida ya’ni mablag‘lar sizga donor-shaxs (taqdim etuvchi) tomonidan qandaydir muayyan vazifani amalga oshirish uchun qaytarib bermaslik asosida beriladi.

    Moliyalashtirishning qanday shakli bo‘lsa ham kreditning afzalliklari va kamchiliklarini bilishingiz lozim, sababi har bir kredit tashkiloti muddatlilik va qaytarib berishlik qoidasiga amal qilishini unutmasligimiz lozim. Pulning tabiati shundanki uni olish har doim ma’lum miqdordagi pul, vaqt, mehnat talab qiladi. Shu sababli moliyaviy manbalardan pul olish uchun siz qanday bahoni to‘lashga tayyor ekanligingizni aniq bilib olishingiz zarur.

    Bank krediti tadbirkorlikni yuritishning asosiy moliyaviy manbai hisoblaniladi. Kredit olish uchun qarz oluvchi o‘zining moliyaviy va ishlab chiqarish imkoniyatlarini albatta baholashi va o‘zi uchun quyidagilarni aniq bilib olishi lozim:

    1. O‘z mahsulotlarini sotish bozoridagi holatni talab va taklifni (tovar narxi, raqobat va hokazolar).

    2. Biznes rejaning samaradorligi.

    3. Kredit uchun to‘lanadigan to‘lovlarni hisoblab borish va o‘z vaqtida to‘lash uchun mablag‘larning o‘z vaqtida sizning hisobingizga kelib tushishi.

    Oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yuritmoqchi bo‘lgan oilalarga beriladigan mikrokreditlar miqdori eng kam ish haqining 150 baravarigacha bo‘lgan miqdorini tashkil etadi va ular 2 yilgacha muddatga qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz beriladi.

    Quyidagi tadbirkorlik faoliyatiga mikrokredit berishda imti-yozli kreditlar beriladi:

    - dehqon-fermer xo‘jaligini rivojlantirish va kengaytirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish, fermerlik inshootlarini qurish;

    - xomashyo materiallarini birlamchi qayta ishlash;

    - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va chuqur qayta ishlash;

    - qo‘l mehnatini talab qiluvchi kichik hajmli ishlab chiqarishni tashkil qilish;

    - xalq hunarmandligi va amaliy san’ati mahsulotlarini ishlab chiqarish;

     

    Mavzudagi asosiy iqtisodiy tushunchalar

    Lizing, kredit, mikrokredit, grand, moliyalashtirish manbalari, pay badali, kreditni qaytarish rejasi, soliqlar, daromad, tan-narx, ish haqi, kredit mablag‘lari, bank turlari, Mikrokreditbank.

     

    Test savollari

    TadbirkorIikni rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar?

    A) bozor sharoitida yaxshi bo‘lishi kerak

    B) tadbirkor bilimli bo‘lishi kerak

    C) ijtimoiy siyosiy muxitning o‘zgaruvchanligi

    *D) tadbirkorlarga bozor infrastrukturasinining mavjudligi, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, kafolatlar

    Tadbirkorlikda ish yuritish - bu ...

    *A) tadbirkorlik tizimlarida hujjatlarni tuzish, rasmiylashtirish, ularni ko‘paytirish, qabul qilish, ro‘yxatga olish va nazorat

    B) qaror qabul qilish

    C) hujjatlar yuritish

    D) farmoyishlar chiqarish

    Tadbirkorlik nima?

    A) Bozorni o‘rganish

    *B) tavakkalchilik asosida biror g‘oya, ishni amalga oshirish, mahsulot ishlab chiqarish, xizmat turini amalga oshirish

    C) savdo-sotiqni tashkil etish

    D) boylik to‘plash

    Tadbirkor kim?

    *A) ma’lum bir miqdorda moliyaviy mablag‘ni tavakkal qilib bozorga yangi mahsulot. xizmat yoki g‘oya bilan kirib bruvchi shaxs

    B) biznes bilan doimo shug‘ullanuvchi shaxs

    C) tashabbuskor shaxs

    D) ishbilarmon shaxs

    Tadbirkorlikni tashkil etish shakllari

    *A) davlat mulki, xususiy mulk, jamoa mulki, aralash mulk asosida tashkil etadi

    B) shaxsiy va qarzga olingan mulk asosida

    C) kredit hisobiga, mulkni ijaraga olish hisobiga

    D) shaxsiy mulk asosida

     

    “Aqliy hujum“ savollari

    1. Mikrokredit nima uchun zarur?

    2. Kreditlarning qanday turlarini bilasiz?

    3. Boshlang‘ich kapital deganda nimani tushunasiz?

    4. Qarz garovi tushunchasi nima, nimalarni garovga quyish mumkin?

    Umida Sotivoldiyeva,

    Jiydakapa qurilish va kommunal xo‘jaligi kasb-hunar kolleji maxsus fan o‘qituvchisi.